Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Sirdaryoga keldi
6 may kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiya Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va keyinchalik Qozog‘iston hududini suv bosishi holatini o‘rganish hamda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston bilan umumiy harakatlar algoritmini ishlab chiqish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo hokimiyatining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev kutib olgan.
Delegatsiya vertolyot aviatsiyasi yordamida Sirdaryo suv ombori atrofi hududlarini ko‘zdan kechirgan.
Shuningdek, Qozog‘istondagi Turkiston viloyati va O‘zbekiston Sirdaryo viloyati o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, hamkorlik, ko‘mak masalalari hamda ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
21:59 / 11.12.2024