Jahon | 15:32 / 03.07.2020
10457
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya bosh vaziri iste'foga chiqdi

Eduar Filipp 2017 yil 15 maydan buyon bosh vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Foto: Reuters

Fransiya hukumati rahbari Eduar Filipp iste'foga chiqdi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar berdi.

"Eduar Filipp respublika prezidentiga iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza taqdim etdi. Ariza qabul qilindi. Yangi hukumat tayinlanguniga qadar hukumatning barcha a'zolari o‘z ishlarini davom ettiradi", - deyiladi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning devonxonasi xabarida.

Qayd etilishicha, yangi hukumat tarkibi kelgusi haftada ma'lum bo‘ladi.

Eduar Filipp 2017 yil 15 maydan buyon bosh vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. Bunga qadar u Gavr shahri meri bo‘lgan.

Mavzuga oid