O‘zbekiston | 14:52 / 13.07.2020
11442
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda taksilar kunning muayyan vaqtida harakatlanishi belgilandi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Samarqand viloyat maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga maxsus talablar asosidagina ruxsat berilishi belgilandi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00dan – 10:00gacha, 17:00dan – 20:00gacha) tegishli hudud doirasida ruxsat beriladi.

Bunda:

  • yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindigidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;
  • haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
  • faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak;
  • avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida harakatlanishi shart.

Shu bilan birgalikda, joriy yil 18–19 iyul hamda 25–26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, shuningdek, avtotransport vositalarining, (maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno) shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Mavzuga oid