BMTda dunyo aholisining asosiy ehtiyojlari ma'lum qilindi
BMT dunyodagi odamlar sog‘liqni saqlash, ta'lim, toza suv va sanitariya vositalariga eng ko‘p ehtiyoj sezayotganlarini ma'lum qildi. Bundan BMTning “BMT-75: Global muloqot” tadqiqoti bo‘yicha tayyorlangan ma'ruzasi darak bermoqda.
Tadqiqot davomida 193ta davlatdan 1,5 mlndan ko‘proq kishi ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilgan.
“Pandemiya taraqqiyot borishini o‘zgartirgani va tengsizlikni kuchaytirgani sababli so‘ralganlar qisqa muddatli istiqbolda ustuvor ehtiyojlar sifatida asosiy ehtiyojlar - sog‘liqni saqlash, ta'lim, sanitariya vositalari va toza suvni aytishgan”, deyilgan hujjatda.
Bundan tashqari, respondentlar iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning ifloslanishini asosiy tahdidlar deb atashgan. Bunday fikrni asosan Lotin Amerikasi va Karib havzasi aholisi bildirgan.
So‘ralganlarning 49 foizi 2045 yilga qadar turmush tarzi yaxshilanishiga ishonishlarini aytishgan. Bunday fikrni kam rivojlangan va ixtiloflar kechayotgan davlatlar aholisi aytgan.
2020 yil dekabrida BMTda 2021 yilda dunyoda qancha odam insonparvarlik yordamiga muhtojlik sezishi prognoz qilingandi. BMTning insonparvarlik masalalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi yilda 235 mln kishiga oziq-ovqat va boshqa turdagi insonparvarlik yordami zarur bo‘ladi.
Shu tariqa, insonparvarlik yordami dunyo aholisining har 33-vakiliga talab etiladi. 2020 yilda bunday yordamga har 45-kishi muhtoj bo‘lgan. Bundan esa insonparvarlik yordamiga muhtoj odamlar soni 40 foizga ko‘paygani kelib chiqadi. Bunday salbiy tendensiya bir qator omillar, jumladan pandemiya, mahalliy ixtiloflar, majburiy migratsiya va global isish oqibatlari bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024