Sport | 14:26 / 27.04.2021
8751
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» Nagelsmann bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi

«Bavariya» klubi «Leypsig» jamoasini boshqarayotgan Yulian Nagelsmann bilan kelishuvga erishganini rasman e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 33 yoshli nemis mutaxassisi 2021 yilning 1 iyul kunidan Myunxen klubida ish boshlaydi. Ikki klub ham kelishuv haqida rasman ma'lum qilgan. Nagelsmann myunxenliklar bilan 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq, «Bavariya» klubi Nagelsmann uchun «Leypsig»ga 20-30 million yevro atrofida tovon puli to‘lashi haqida ma'lum qilingandi.

Hozirda Myunxen klubi ustozi sanalmish Hans-Diter Flik mavsum yakunida jamoani tark etishini e'lon qilgan edi.

Nagelsman 2019 yildan buyon «Leypsig»ni boshqarmoqda. Ungacha u «Hoffenhaym»da ishlagan. Murabbiyga «Tottenhem» klubi ham qiziqish bildirgandi.

Ma'lumot uchun, «buqalar» chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida 64 ochko bilan peshqadam «Bavariya»dan (71) keyingi 2-o‘rinda borishmoqda.

Mavzuga oid