Jahon | 15:48 / 28.04.2021
6662
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bog‘chaga hujum oqibatida 16 nafar bola jarohatlandi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar bolaning ahvoli og‘ir.

Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor rayonidagi bolalar bog‘chasiga pichoq bilan qurollangan erkak hujum qilishi oqibatida 16 nafar bola va ikki nafar tarbiyachi jarohatlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar bolaning ahvoli og‘ir.

Aniqlik kiritilishicha, hodisa Beylyu shahridagi bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan.

Jinoyatchi qo‘lga olingan. Uning nima uchun bu ishga qo‘l urgani sababi hozircha aniq emas.

2019 yil noyabrda Yunnan provinsiyasi Kayyuan shahridagi bolalar bog‘chasiga hujum qilinishi oqibatida 51 bola va 3 tarbiyachi jabrlangandi.

Mavzuga oid