5 000 dollar pullarni o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga tushdi
Marg‘ilon shahrida tabiiy gaz tarmog‘i o‘tkazib berish maqsadida aholidan yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirib yuborgan firibgarlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.X. «Marg‘ilonshahargaz» filiali xodimlari A.V. va Sh.A. bilan oldindan til biriktirib, 2020 yil noyabr oyida shahardagi «Ipak yo‘li» MFYda yangi gaz tarmog‘iga ulatib berishni va'da qilishadi.
Ular aholidan jami 5000 AQSh dollari miqdorida pullarni yig‘ib olib, gaz tarmog‘iga ulamasdan, pullarni qaytarmay kelayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Yozyovon tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilgan 133,5 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fermer xo‘jaligiga qaytarib olib berish evaziga xo‘jalik rahbaridan 500 AQSh dollarini olgan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:25 / 13.12.2024
KXDR fuqarolari AQSh kompaniyalariga yollanib, soxta ismlar ortidan pul topgani ma’lum bo‘ldi
14:08 / 03.12.2024
Vetnamning eng badavlat ayoli firibgarlik bo‘yicha ish apellyatsiyasida yutqazdi. Endi 9 mlrd dollar topa olmasa, uni qatl etishadi
20:49 / 30.11.2024
Navoiyda 162 xonadonli “novostroyka” 425 kishiga sotilgan. Jabrlanuvchilar tergovdan norozi
17:28 / 27.11.2024