Jahon | 17:56 / 13.07.2021
5543
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda mehmonxona qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Xitoyning Suchjou shahrida mehmonxona qulab tushdi.

WeChat  ijtimoiy tarmog‘ida xabar qilinishicha, hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

"Vayronalar ostidan 14 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi, besh kishining ahvoli barqaror, sakkiz kishi halok bo‘lgan", - deyiladi Suchjou hokimiyati xabarida.

Xabar qilinishicha, hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Mavzuga oid