Jazoir Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Jazoir 24 avgustdan Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu haqda Jazoir tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra ma'lum qildi. U Marokashni “dushmanona harakatlar”da ayblagan.
Lamamraning ta'kidlashicha, diplomatik aloqalar uzilishiga qaramay, ikki davlat konsulxonalari ochiq qoladi.
Marokash podshohligi Jazoir bilan sharqda va janubi-sharqda chegaralarga ega. Oxirgi o‘n yillar davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarang ko‘rinish olgan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi asosiy tortishuv G‘arbiy Sahroi Kabir muammosi hisoblanadi. Qo‘shni davlatlar bu hudud bo‘yicha qarama-qarshi pozitsiyaga ega.
Jazoirning xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashining o‘tgan haftadagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Marokashning dushmanona harakatlari sababli u bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishi aytilgan.
Jazoir, shuningdek, Marokashni “ikkita terrorchi tashkilot”: Jazoir hududida harakat qiluvchi Qabiliya muxtoriyati uchun harakat va “Rashod” harakatini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Mamlakat rahbariyatining fikricha, ushbu harakatlar a'zolari Jazoirda avgustda yuz bergan o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqargan.
18 iyulda Jazoir Marokashdagi elchisini maslahatlashuvlar uchun ortga chaqirtirib olgandi. Bunga Marokashning BMTdagi doimiy vakili Umar Hilol tomonidan Qo‘shilmaslik harakatiga a'zo davlatlar orasida tarqatilgan rasmiy notasi sabab bo‘lgan. Hujjatda Marokash Jazoir shimolidagi Qabiliya xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘llab-quvvatlashi ta'kidlangan. Hilolning ushbu bayonoti Jazoirda “adovatli, xavfli va ig‘vogar” deb baholangan. Jazoir u bo‘yicha Marokashdan tushuntirish berishni so‘ragan va Rabot tomonidan javob bo‘lmagach, elchisini chaqirtirib olgan.
Mavzuga oid
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
19:12 / 24.08.2024
Marokashdagi Royal Mansour mehmonxonasi «Mehmondo‘stlik san’ati» mukofotiga loyiq ko‘rildi
10:17 / 20.12.2023