O‘zbekiston | 21:16 / 24.08.2021
34723
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi

Buxorolik fermer Muhammad Ahmedov, O‘zFA Matematika instituti direktori Shavkat Ayupov, adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov va san'atkor Munojat Yo‘lchiyevaga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.

Prezident “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Farmonga asosan, mamlakat oldidagi yuksak xizmatlari uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshiriladi:

Ahmedov Muhammad Ismatovich – Buxoro tumanidagi “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati

Muhammad Ahmedov / Foto: Telegram

Ayupov Shavkat Abdullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori, senator

Shavkat Ayupov / Foto: Kun.uz

G‘afurov Ibrohim Usmonovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, adabiyotshunos olim

Ibrohim G‘afurov / Foto: Ziyouz.com

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an'anaviy ijrochilik kafedrasi mudiri

Munojatxon Yo‘lchiyeva / Foto: Muzaffar Abdullayev

Ma'lumot uchun, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi.

Mavzuga oid