AQSh Kongressi a'zolaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi
AQSh Kongressi a'zolaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurgan. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ular bilan uchrashgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 5 oktabr kuni AQSh Kongressi a'zolaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurgan va viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashgan. O‘zaro suhbat chog‘ida E.Turdimov mehmonlarga Samarqand viloyatining sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida batafsil ma'lumot bergan va AQShning sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va turizm sanoati kabi yetakchi kompaniyalarini hamkorlikka taklif qilgan.
Qayd etilishicha, Kongress a'zolari Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalar bilan tanishgan. Delegatsiya a'zolari Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim majmuasi va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini tomosha qilishgan.
Mavzuga oid
11:46
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
09:38
Telegram AQShga foydalanuvchilar ma’lumotini ommaviy ravishda berishni boshladi
16:26 / 08.01.2025
Donald Trampga «sukut uchun pul» jinoyat ishi bo‘yicha hukm kechiktirilmaydi
00:39 / 08.01.2025