
Ma'lum qilinişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyevning taklifiga köra, Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Imron Xon bugun Samarqandga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov kutib olgan.

Qayd etilişiça, Pokiston Boş vaziri köhna şahar bilan tanişişni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilişdan boşlagan. U, A.Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgan. Qur'on tilovat qilinib, buyuk alloma yod etilgan.

Ta'kidlanişiça, Islom olamida muhaddislar sultoni, deb e'zozlanadigan Imom Buxoriy merosini örganiş va keng tarğib etiş, bu zot nomi bilan boğliq maskanni obod etiş borasida olib borilayotgan işlarga Pokiston Boş vaziri yuksak baho bergan
Eslatib ötamiz, Pokiston boş vaziri bugun, 16 iyul kuni Toşkentda bölib ötgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya işida iştirok etdi.













