O‘zbekiston | 20:00 / 15.10.2021
4944
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident saylovi oldi Xalqaro media holl tashkil etildi

Foto: O‘zEOAVMA Axborot xizmati

Kecha 14 oktabr Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Prezidenti saylovi munosabati bilan Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusligida tashkil etilgan Xalqaro media hollning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zEOAVMA Axborot xizmati

Media holl ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqov, “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimov va boshqalar ishtirok etishdi.

Foto: O‘zEOAVMA Axborot xizmati

Ma'lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni xalqimizga va xalqaro jamoatchilikka tezkor, xolis va haqqoniy tarzda yetkazilishiga ko‘maklashish maqsadida 60 ta loyihani o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media-dasturi qabul qilingan edi.

Foto: O‘zEOAVMA Axborot xizmati

Joriy yilgi Prezident saylovini xolis va haqqoniy yoritishni ta'minlashga munosib hissa qo‘shish maqsadida O‘zEOAVMA tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Xalqaro media holl faoliyatini yo‘lga qo‘yish dasturi ishlab chiqildi.

Foto: O‘zEOAVMA Axborot xizmati

Media holl xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy jurnalistlar, shuningdek, mehmonlar uchun muloqot maydoni bo‘la oladi.

Xalqaro media holl 2021 yilning 26 oktyabriga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Foto: O‘zEOAVMA Axborot xizmati

Kechki dasturda OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to‘y” kinokomediyasining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zEOAVMA Axborot xizmati Ⓣ 

Mavzuga oid