AQShda uchta universitet portlatish tahdidi sababli evakuatsiya qilindi
AQShning Kolumbiya, Kornell va Braun universitetlari portlatish tahdidi haqidagi xabarlardan keyin o‘z kampuslarining bir qismini evakuatsiya qildi.
Kolumbiya universiteti bir nechta binosida portlatish tahdididan keyin butun kampusi bo‘yicha favqulodda ogohlantirish e'lon qilgan.
Kornell universiteti Twitter’da va o‘z veb-saytida ogohlantirish e'lon qilib, talabalar va kampus xodimlarini xavfsiz joyga ko‘chishga chaqirgan.
Braun universiteti ham tahdidlardan keyin o‘z kampusining bir qismini evakuatsiya qilgan. Ta'kidlanishicha, politsiyachilar voqea joyida tergov ishlari olib bormoqda.
Uchala universitetda ham politsiya binolarni ko‘zdan kechirib chiqqan va hech qanday tahdidni aniqlamagan.
Hozircha ushbu tahdidlar ortida kim turgani va ular bir-biri bilan bog‘langani noma'lum.
Mavzuga oid
00:29
AQSh Kongressi Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi
18:58 / 06.01.2025
Politico 2025 yil uchun «qora oqqushlar» ro‘yxatini tuzdi
18:42 / 06.01.2025
Bayden AQSh qirg‘oqlari yaqinida dengizda neft va gaz burg‘ulashni rasman taqiqladi
17:42 / 06.01.2025