Kiyev Moskvaga ultimatum qo‘ydi
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning Ukraina chegarasi va Qrimdagi harakatlari bo‘yicha batafsil izoh berishi uchun 24 soat vaqti bor.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan Ukraina chegarasi va Qrimdagi harakatlari bo‘yicha batafsil izoh berishni talab qildi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Vena hujjatiga ko‘ra, Rossiya harbiy harakatlarining maqsadi, aniq o‘rni va yakunlanish muddati hamda harbiylari va texnikalari soni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishi shart», — deyiladi xabarda.
Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada javob taqdim etish uchun 24 soat vaqt bor.
«Javob qaytarilmasa yoki yetarlicha ma’lumot taqdim etilmasa, Ukraina Rossiya va Vena hujjatining boshqa ishtirokchilariga favqulodda uchrashuv chaqirish to‘g‘risida murojaat qiladi, unda Rossiya tushuntirish beradi», — deya qo‘shimcha qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina «barcha diplomatik imkoniyatlardan» foydalangan holda o‘z xavfsizligini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
07:50
«Ekozashchita!» asoschisi Rossiyadan Germaniyaga uran importini tanqid qildi
02:02
Ukraina Rossiyaning Harbiy-dengiz floti kemalari Qora dengizni tark etganini ma’lum qildi
21:45 / 09.01.2025
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
21:02 / 09.01.2025