O‘zbekiston | 11:24 / 12.07.2022
37026
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 1 iyul holatiga ko‘ra 35 603 443 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 35 603 443 kishini tashkil etgan. 

Bunda, ayollar soni 17 690 386 kishiga, erkaklar soni 17 913 057 kishiga teng bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 iyul holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 222 671 nafarga ko‘p.

Bundan oldin 5 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga ketgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qiladigan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda – 788,4 ming nafar fuqaro.

Mavzuga oid