Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyun holatiga 1,5 mln O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qiladigan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda – 788,4 ming nafar fuqaro.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 208 ming nafar;
- Tojikiston – 203 ming nafar;
- Turkiya – 98,2 ming nafar;
- Rossiya – 79 ming nafar;
- BAA – 51 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 38 ming nafar;
- Misr – 17 ming nafar;
- Kuvayt – 5,2 ming nafar;
- AQSh – 4,4 ming nafar.
Bundan oldin may oyida 400 ming o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgani xabar qilingandi.















