O‘zbekiston | 07:29 / 15.07.2022
6995
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Toshkentga qaytdi

Haj ziyoratiga borgan o‘zbekistonlik fuqarolarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi.

Foto: Uzbekistan Airpors

Bortida ilk 245 nafar ziyoratchi bilan Jiddadan uchgan Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining samolyoti 14 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Ziyoratchilar poytaxt aeroporti uchib kelish zalida kutib olindi hamda maxsus avtobuslarda «Novza» jome masjidiga yetkazildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va aeroport oldi hududlarida tirbandliklar oldini olish maqsadida ziyoratchilarni aeroportda emas, balki «Novza» jome masjidi oldida kutib olishni tavsiya qildi.

14-31 iyul kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 45 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid