AQSh Janubiy Xitoy dengiziga aviatashuvchi kemalarini jo‘natdi
Amerikalik harbiylar kemalarning yakuniy manzili haqida ma’lumot bermagan, biroq qayd etilishicha, «agar ular shu yo‘nalishda davom etsa, Tayvan bo‘g‘oziga yetib boradi».
AQSh Tayvanga vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining ehtimoliy tashrifi munosabati bilan ushbu yo‘nalishda aviatashuvchi kemalarini jo‘natdi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) xabar berdi.
25 iyul kuni «Ronald Reygan» atom aviatashuvchisi va boshqariluvchi raketalar joylashgan esminets va kreyserdan iborat guruh Singapurdan chiqqan va Janubiy Xitoy dengizi tomon yo‘l olgan.
Amerikalik harbiylar kemalarning yakuniy manzili haqida ma’lumot bermagan, biroq qayd etilishicha, «agar ular shu yo‘nalishda davom etsa, Tayvan bo‘g‘oziga yetib boradi».
Avvalroq Xitoy AQShdan vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifini tashkil etmaslikni talab qilgandi.
Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefeyning so‘zlariga ko‘ra, Pelosi AQSh hukumatidagi uchinchi shaxs hisoblanadi va uning tashrifi «yagona Xitoy» tamoyiliga ziddir.