«Harbiylarimiz qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi» - Xitoy Pelosining Tayvanga rejalashtirgan tashrifi bois AQShga tahdid qildi
Xitoy mudofaa vazirligi vakilining ta’kidlashicha, Nensi Pelosi AQSh hukumatidagi uchinchi shaxs hisoblanadi va uning tashrifi «yagona Xitoy» tamoyiliga ziddir.
AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi «yagona Xitoy» tamoyilini buzadi, Pekin Vashingtondan ushbu tashrifni tashkil etmaslikni talab qiladi, dedi Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey.
U Pekin mazkur tashrifga bir necha marta qarshi chiqqanini eslatdi. Tanning ta’kidlashicha, Pelosi AQSh hukumatidagi uchinchi shaxs hisoblanadi va uning tashrifi «yagona Xitoy» tamoyiliga ziddir.
«Agar Amerika tomoni o‘z yo‘lidan qaytmasa, Xitoy harbiylari hech qachon qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi hamda shubhasiz, tashqi kuchlarning har qanday aralashuvi va «Tayvan mustaqilligi» to‘g‘risidagi ayirmachiliklarning oldini olish uchun keskin choralar ko‘radi», — dedi Tan Kefey.
Tayvan 1949 yilda Xitoydan ajralib chiqqanini e’lon qilgan. Pekin orolning mustaqilligini tan olmaydi va uni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi.
Reuters agentligining xabar berishicha, Pelosi Tayvanga avgust oyida borishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
14:53 / 25.12.2024