Yog‘ingarchilik holatlarida kirish imtihonlari bir kunga kechiktirilishi mumkin
Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘gan holatlarda o‘sha hududdagi test sinovlari shu kuni, belgilanganidan kechroq vaqtda boshlanishi mumkin. Bugun, 10 avgust kuni Namanganda shunday yo‘l tutildi. DTMning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, yog‘ingarchilik kun bo‘yi davom etishi kutilgan holatlarda imtihonlar bir kunga surilishi ham mumkin.
10 avgust kuni Namangan viloyatida yomg‘ir yog‘gani sababli kirish imtihonlari belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi. Davlat test markazining xabar berishicha, abituriyentlar barcha tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda usti yopiq, yomg‘irdan himoyalangan o‘rinlarga joylashtirib turilgan.
Yog‘ingarchilik tinishi bilan abituriyentlar o‘z quyidagi vaqtlarda test sinovini boshlashgan:
- “Barkamol avlod” sport majmuasi (1-sektor)da — 08:13 da;
- “Dinamo” stadioni (2-sektor)da — 08:20 da;
- “Navbahor-Umid” stadioni (3-sektor)da — 08:00 da.
DTM axborot xizmati rahbari Jamshidbek Odilovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, test sinovi jarayonlarida bu kabi holatlar bo‘lishi markaz tomonidan hisobga olingan.
“Agarda oldinda kelayotgan imtihonlarda kun bo‘yi yog‘ingarchilik kuzatiladigan bo‘lsa, test sinovlari keyingi kunga ko‘chirilishi ham mumkin”, – dedi u.
Odilov Kun.uz muxbirining nima sabab bu yilgi kirish imtihonlari ham ochiq maydonlarda o‘tkazilayotgani borasidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, bu qaror Davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan, bu borada DTM izoh bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari 8 avgustdan boshlandi, oyning 20-sanasigacha davom etishi belgilangan. Avvalroq test sinovining ilk natijalari e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023