07:29 / 10.08.2022
38953
Birinchi kungi test sinovlari natijalari e’lon qilindi

2022 yil 8 avgust kuni oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, 8 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishi mumkin.

Ular:

my.dtm.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyent ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

abituriyent ruxsatnomasi quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

Top