O‘zbekiston | 17:23 / 17.10.2022
12569
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda chang to‘zoni kutilmoqda

“O‘zgidromet” tomonidan joriy yil 17 oktyabrida respublika barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgan.

Foto: KUN.UZ

Uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilik bo‘lmagani va havo harorati inversiyasi natijasida 17 oktyabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga quyidagilarga amal qilishni tavsiya etyapti:

  1. Imkoni boricha, uydan chiqmaslikka harakat qilish kerak.
  2. Ko‘chada bo‘lganda, albatta tibbiy niqob taqish va uni har bir soatda almashtirish lozim.
  3. Nafas qaytishi, burun bitishi, aksa urish, tumov, ko‘zlar qizarishi va qichishishi, tomoqda qattiq qichishish, yo‘tal paydo bo‘lganda zudlik bilan allergolog shifokorga murojaat qilish lozim.
  4. Tuzli eritmada burun va tomoqni chayish, oynalarni yopiq holatda saqlash, oynalar oldida ho‘l sochiqlarni yoyib qo‘yish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid