Yanvar oyida 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani aniqlandi
Bu o‘rtacha 33 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
2023 yil yanvar oyi davomida Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 511 ta holatda 6,7 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Oqibatda tizimga 5,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 33 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 09.12.2024
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024