Ukraina bo‘ylab yangi havo trevogasi e’lon qilindi
Butun Ukraina bo‘ylab yangi havo trevogasi e’lon qilindi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «Kinjal» raketalarini olib o‘tishga qodir MiG-31K Belarusdagi Machulishchi aerodromidan havoga ko‘tarilgan.
Qora dengiz akvatoriyasida raketalar ham uchirilgani qayd etilgan.
Kiyev shahri, Dnipropetrovsk va Kiyev viloyatlarida raketa hujumi xavfi tufayli elektr energiyasini favqulodda o‘chirish holatlari kuzatilmoqda.
Rossiyaning Ukraina butun hududiga yangi raketa zarbalari berishi xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ertalabki hisobotida aytilgandi.
O‘tgan kun davomida Rossiya kuchlari 52 ta aviatsion va 6 ta raketa zarbasi berdi, ulardan ikkitasi Donetsk viloyati Kramatorsk shahrining fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan edi, deya xabar berdi harbiylar.
Bundan tashqari, Bosh shtabning xulosasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bir nechta raketa tizimlaridan 63 ta hujumni amalga oshirdi, jumladan, Donetsk va Xerson viloyatlaridagi fuqarolik infratuzilmasi o‘qqa tutildi.
Avvalroq Rossiya yana Ukrainaga dronlar bilan hujum qilgandi.
Ukrainaning bir qator viloyatlarida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchuvchisiz uchoqlar uchirilishi munosabati bilan havo ogohlantirish rejimi ishga tushirildi.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024