Ukrainaning bir qator hududlarida havo trevogasi e’lon qilindi
Kiyev va Ukrainaning qator viloyatlarida havodan trevogasi e’lon qilindi.
Dastavval shimoliy, sharqiy va janubiy mintaqalarda signallar yangradi. Keyin Kiyev va markaziy hududlarda signal e’lon qilindi.
Soat 04:30 da Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati raketa hujumi xavfi haqida xabar berdi.
Mahalliy axborot telegram kanallari Dnipro, Kremenchug, Poltava va Mikolayivda portlashlar haqida xabar berdi.
BBC muxbirining xabar berishicha, Kiyevda ham portlash ovozi eshitilgan. Bu raketa zarbasi bo‘lganmi yoki havo hujumidan mudofaa tizimi ishimi, hozircha noma’lum.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati shahar ustida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotganini ma’lum qildi.
Britaniyalik jurnalist Jyey Bicher bir necha daqiqa oldin Kiyevdan xabar berishicha, uning uyi ustidan raketa uchib o‘tgan va darhol urib tushirilgan.
Bungacha ko‘plab ukrainalik manbalar Dnipro, Kremenchug, Poltava, Cherkassi viloyati va Mikolayivda portlashlar sodir bo‘lgani, shuningdek, Vinnitsa viloyati uzra raketalar uchgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024