Odilbek Isoqov ham iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytdi
U 2019-2023 yillarda moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.
Odilbek Isoqov iqtisodiyot va moliya vazirining davlat qarzi, xalqaro reytinglar bilan ishlash hamda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha konsultant-maslahatchisi sifatida jalb etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
U Buyuk Britaniyaning Infrasia Capital kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi.
Odilbek Isoqov 1981 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1998-2000 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan. Odilbek Isoqov dunyoning eng yirik banklaridan biri HSBC bankidagi 12 yillik mehnat faoliyati davomida Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo‘yicha investitsiya bankiri sifatida tajriba orttirgan. 2016 yil mart oyidan HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jahon moliya bozorlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish boshqarmasi direktori (London, Buyuk Britaniya) lavozimida ishlagan.
U 2019 yil martida moliya vaziri (hozirgi iqtisodiyot va moliya vazirligi) o‘rinbosari bo‘lgan, 2023 yil fevralida vazirlikdagi o‘zgarishlar doirasida boshqa bir necha o‘rinbosarlar (Omonullo Nasriddinxo‘jayev, Jamshid Abruyev va Ahadbek Haydarov) bilan birgalikda lavozimini tark etgandi. O‘shanda vazirlik soliq qo‘mitasi bilan qo‘shib yuborilib, qo‘mita raisi Sherzod Qudbiyev vazirlikka rahbar bo‘lgan, bungacha vazirlikni boshqarib kelgan Jamshid Qo‘chqorov bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlangandi
2023 yil avgustida esa barchasi joyiga qaytarildi - Qudbiyev soliq qo‘mitasi raisligiga, Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbarligiga. Shuningdek, Ahadbek Haydarov vazir o‘rinbosarligi lavozimiga qaytgandi.
Mavzuga oid
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
11:49 / 25.10.2024