Prezident qarori bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va lavozimdan olindi.
Ilhom Norqulov Iqtisodiyot va moliya vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Ibrohimoviç Norqulov 1981 yilda Buxoro şahrida tuğilgan, ma’lumoti oliy. Toşkent Davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Şuningdek, Glazgo Universitetida «Iqtisodiy rivojlaniş» yönalişi böyiça magistraturani tamomlagan.
2004 yildan iqtisodiyot vazirligida işlay boşlagan, 2006 yildan Buxoro viloyati hokimligida, 2006-2009 yillarda «Neftegazmontaj» MÇJ qöşma korxonasida faoliyat yuritgan.
2010 yildan Markaziy bankda iş boşlagan, 2013-2018 yillarda turli departamentlarga rahbarlik qilgan. 2018-2020 yillarda Markaziy bank boşqaruvi raisining örinbosari va raisning birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan, 2020 yil sentabrida iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan, 2023 yil fevralida qayta taşkil etilgan iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir örinbosari bölgandi.
Ahadbek Haydarov vazirlikka qaytgan.

Ahadbek Yahyobekoviç Haydarov 1971 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. 1994 yil Toşkent Davlat universiteti, 1998 yili Toşkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 2001 yili Yaponiya siyosiy fanlar Milliy instituti magistratura bosqiçi, 2006 yil AQŞning Massaçusets ştatida Villiams Kollejini tamomlagan.
U 2017 yilda moliya vaziri örinbosari, 2017-2019 yillarda moliya vaziri birinçi örinbosari bölgan, bir muddat Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori sifatida işlagaç, 2019 yil sentabrida yana Moliya vazirligiga qaytgandi. 2023 yil fevralidan buyon esa qişloq xöjaligi vaziri örinbosari lavozimida işlayotgandi.

















