O‘zbekiston | 07:48 / 12.09.2023
7814
1 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Jamshid Nasriddinov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Kattaqo‘rg‘on tumani xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Erkin Turdimov tumanda olib borilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, sektor rahbarlari va tuman korxona-tashkilotlari rahbarlariga qator vazifalarni yukladi. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Jamshid Nasriddinov 2020 yilning noyabr oyi oxirlarida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Undan avval u Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid