Sessiya kun tartibida taşkiliy masala körildi. Tuman hokimi vazifasini bajaruvçi tasdiqlandi.
Hokimlik xabarida aytilişiça, xalq deputatlari Kattaqörğon tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib Jamşid Nasriddinov nomzodi tasdiqlangan.
Jamşid Nasriddinov şu vaqtga qadar Samarqand viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Joriy yilning oktabr oyi oxirlarida Qiliçbek Xudoyberdiyev Kattaqörğon tumani hokimi vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlandi. U avvalroq kasallik oqibatida olamdan ötgan A'zamxon Bahromov örnida iş boşlagandi. 2017 yildan buyon Kattaqörğon tumaniga rahbarlik qilib kelgan A'zamxon Bahromov şu yilning 19 oktyabrida kasallik oqibatida vafot etgandi.

















