O‘zbekiston | 13:01 / 01.10.2023
8582
2 daqiqa o‘qiladi

2 oktyabr kuni Toshkentda bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 2 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja, kunduzi +22...+26 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid