O‘zbekiston | 18:18 / 17.04.2024
6695
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 15 turdagi 2,7 tonna urug‘lik tuhfa qildi

Urug‘lik Afg‘oniston hududidagi turli tuproq-iqlim sharoitlarida ekib, sinab ko‘rish maqsadida yetkazilgani ta’kidlanmoqda. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Afg‘onistonga 15 turdagi ekinlarning 35 xildagi seleksiya navlaridan iborat 2,7 tonna urug‘lik tuhfa qilindi. 

Qayd etilishicha, urug‘liklar Afg‘oniston hududidagi turli tuproq-iqlim sharoitlarida ekib, sinab ko‘rish maqsadida Termiz shahridagi «Ayritom» xalqaro chegara o‘tkazish punkti «Hayraton – Mozori Sharif» temir yo‘li orqali yetkazilgan. Urug‘lik Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi Ilmiy tadqiqotlar bosh boshqarmasi boshlig‘i doktor Muhammad Rofiy Bovariy tomonidan qabul qilingan. 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston tarixida ilk bor kuzatilayotgan bu hamkorlik, O‘zbekiston hududida yaratilgan navlarning agrotexnologiyalarini o‘rgatish, paxtachilik yo‘nalishida erishilgan yutuqlar aynan, paxta, g‘alla, sabzavot yetishtiruvchi mas’ul fermerlarni biriktirgan holda afg‘on diyori qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Mavzuga oid