Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor
Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazilishi 2025 yilda 11 milliard kubometrga chiqishi rejalashtirilmoqda, dedi Vladimir Putin.
Rossiya qo‘shni Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 may, dushanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.
«Hozirda «Markaziy Osiyo – Markaz» quvurlari tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu kelgusi yilda O‘zbekistonga chiqariladigan gaz hajmini 11 milliard kubometrgacha oshirish imkonini beradi», — deya Putinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Rossiya axborot agentliklari.
«Markaziy Osiyo – Markaz» quvuri orqali gaz yetkazib berish 2023 yil oktyabr oyida boshlangan. Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti 1,28 milliard kubometrni tashkil qilgan. 2024 yilda 3,8 milliard kubometr o‘tishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunida, shuningdek, Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev huzurida kelishuvlar paketi, jumladan, O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini loyihalash va qurish bo‘yicha shartnoma almashildi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024