Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining maoshini oshirishga moratoriy joriy qilindi
Qaror davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish maqsadida qabul qilingan.
Foto: gov.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining maoshini oshirishga moratoriy joriy qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Moratoriy 2026 yilgacha joriy qilingan. Qayd etilishicha, mazkur qaror davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan davlat idoralari, qo‘mitalari, prezidentning viloyatlardagi vakolatxonalari, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining ish haqini oshirishga taqiq joriy etildi. Shuningdek, davlat organlarining shtatini kengaytirishga ham taqiq joriy etilgan.
Shu bilan birga, davlat xizmatchilarining ish haqini, shuningdek, shtat tarkibini o‘zgartirish alohida hollarda davlat rahbarining maxsus qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi moratoriyning amal qilishini nazorat qilishi shart.
Mavzuga oid
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
18:30 / 29.12.2025