Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 483 nafar shaxsni afv etdi
Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonga muvofiq O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan hamda Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:43 / 10.12.2024
Toshkent viloyatining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarida 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work and Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
16:26 / 07.12.2024
Navoiyda 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari urug‘i sepiladi
22:08 / 06.12.2024