Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan
Fransiya prezidenti AQSh saylangan prezidentini Zelenskiy bilan uchrashishga ko‘ndira oldi. Buning uchun Emmanuel Makronga bir necha kun kerak bo‘ldi.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan va faqat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning shoshilinch ko‘ndirishidan so‘ng uchrashuvga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Axios axborot resursi 8 dekabr, yakshanba kuni manbalarga tayanib.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Makron bir necha kun davomida Trampni Zelenskiy bilan uchrashishga ko‘ndirishga uringan. Uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish qarori so‘nggi daqiqada qabul qilindi. Axios manbalaridan biri uchrashuv 45 daqiqa davom etgani va «yaxshi va samarali» bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Zelenskiy: «Samarali uchrashuv»
Zelenskiy Parijda Donald Tramp va Emmanuel Makron bilan uchrashuvni «samarali» deb atadi. U Trampga «har doimgidek qat’iyatli» bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirdi. «Biz hammamiz bu urushni imkon qadar tezroq va adolatli tarzda tugatishni xohlaymiz», deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy va Makron bilan uchrashuvning ertasiga Tramp Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Rossiya bilan «bu jinnilikni to‘xtatish» uchun kelishuvga erishmoqchi.
Mavzuga oid
08:38 / 21.12.2024
FT: Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishga va’da berdi
09:55 / 20.12.2024
Shols va Tramp telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
17:34 / 18.12.2024
Tramp dastlab million migrantni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
11:05 / 17.12.2024