O‘zbekistonning Rossiya oldidagi qarzi oshdi
2023 yilda Rossiya boshqa mamlakatlarga kredit berishni 30 milliard dollardan ko‘proqqa oshirdi, bu 1999 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiya oldidagi qarzi 41,3 million dollarga oshdi. Bu haqda Jahon Banki ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi. O‘zbekistonning Rossiya oldidagi umumiy qarzi miqdori xabarda keltirilmagan.
Qayd qilinishicha, 2023 yilda Rossiya boshqa mamlakatlarga kredit berishni 30 milliard dollardan ko‘proqqa oshirdi, bu 1999 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Misr, Bangladesh va Hindiston eng ko‘p yangi kredit olgani ta’kidlanmoqda.
Boshqa davlatlarning Rossiyaga qarzi hajmi o‘tgan yili 1,3 milliard dollarga oshib, 30,1 milliardni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich oxirgi marta 1999 yilda (32,8 milliard dollar) yuqori bo‘lgan edi.
Hozir Belarus eng katta qarzdor bo‘lib qolmoqda - uning qarzi 7,75 milliard dollarni yoki Rossiya tomonidan berilgan barcha kreditlarning chorak qismini tashkil qiladi. Bangladesh 6,6 milliard dollar (22 foiz) bilan ikkinchi o‘rinda, Hindiston esa 4,1 milliard dollar (14 foiz) bilan kuchli uchlikni yakunladi. Birinchi beshlikka Misr (3,3 milliard dollar, 11 foiz) va Vetnam (1,4 milliard dollar, 5 foiz) ham kiradi.
Shu bilan birga, o‘tgan yili Misr eng katta ulushni egalladi - uning majburiyatlari 1,45 milliard dollarga ko‘tarildi. Bangladeshning qarzi 745 million dollarga, Hindistonniki esa 363 million dollarga oshdi. O‘zbekistonning qarzi 41,3 million dollarga, Afg‘onistonning qarzi 19,9 million dollarga oshgan. Zambiya, Yaman, Shri-Lanka, Ekvador, Sudan va Moldova majburiyatlari ham oshdi - jami 26,54 million dollarga.
O‘tgan yili yangi qarzdor paydo bo‘ldi - 2003 yildan beri birinchi marta Rossiyadan 16,9 million dollar miqdorida kredit olgan Nikaragua.
Shu bilan birga, bir qator davlatlarning Rossiya oldidagi majburiyatlari kamaydi. Bu yerda yetakchi Somali bo‘lib, Rossiya unga deyarli butun qarzini kechib yubordi: agar 2022 yil oxirida mamlakat 703 million dollar qarz bo‘lsa, o‘tgan yil oxirida u bor-yo‘g‘i 49 million dollar qarz bo‘lgan. Bundan tashqari, Belarus qarzi 487 millionga, Serbiya 117 millionga, Armaniston 40 millionga, Ozarboyjon 22 millionga kamaydi. Yana 10 ta davlat Rossiya oldidagi 82 million dollarlik majburiyatlarini to‘lashga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024