Toshkentda avtobus yonib ketdi
Yunusobod tumanida yo‘nalishdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yunusobod tumanida avtobusda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 18 dekabr kuni soat 21:07 da Yunusobod tumani Amir Temir shohko‘chasida harakatlangan yo‘nalishdagi avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji soat soat 21:13 da hodisa joyiga etib borgan va yong‘in soat 21:23 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyun kuni Sergeli tumanida ham Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqqandi. 2023 yilda esa Mercedes-Benz rusumli avtobuslarning yonib ketishi bilan bog‘liq kamida uchta holat qayd etilgan edi.
Ma’lumot uchun, «Toshshahartransxizmat» AJ 2018 yil oktyabrdan boshlab 2008-2009 yillarda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz Low Floor markali barcha yo‘lovchi avtobuslaridan foydalanishni to‘xtatgan. O‘shanda aksiyadorlik jamiyati rahbari Mohir Valiyev mazkur turdagi avtobusda navbatdagi marta yong‘in kelib chiqqani tufayli yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida bu qarorni qabul qilganini bildirgan edi.
Mavzuga oid
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda
19:34 / 17.12.2024
Energetikada yangi cheklov. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ham tarmoqdan uzilmoqda
15:29 / 17.12.2024