Qayd etilişiça, avtobus joriy yilning 24 noyabr kuni soat 06:13da Toşkent kiçik halqa yölida, 116-sonli yönalişli avtobus haydovçisi ilk yölovçilarni olib ketiş maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab çiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan. 

Voqea joyiga 4 daqiqadan söng Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi yonğin-qutqaruv guruhlari yetib kelişdi. Soat 06:26da yonğin qurşab olingan va soat 06:39da töliq bartaraf etildi. 

Avtobus yonib ketişiga dvigatel bölinmasidagi qisqa tutaşuv sabab bölganligi taxmin qilinmoqda. Voqea oqibatida jabrlanganlar yöq. Yonğin boşlanişidan oldin avtobus haydovçisi öz vaqtida yölovçilar bölinmasidan çiqib ketişga muvaffaq bölgan.