Jahon | 07:55
9448
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putinning «Oreshnik» bilan «duel» haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

«Sizningcha, bu to‘g‘rimi?» - dedi Zelenskiy Putinning Kiyevdagi nishonga «Oreshnik» bilan zarba berish g‘oyasiga izohida.

Foto: AFP

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 dekabr, payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «yuqori texnologiyali duel» o‘tkazish taklifini keskin tanqid qildi. Unga ko‘ra, Rossiya Kiyevga «Oreshnik» raketasi bilan zarba beradi, G‘arb havo mudofaa tizimlari esa uni urib tushirishga harakat qiladi.

«Sizningcha, bu to‘g‘rimi?» — deb yozadi Hromadske internet nashri Ukraina rahbarining Bryusseldagi matbuot anjumanida Rossiya oliy bosh qo‘mondoni so‘zlariga munosabat bildirgan nutqiga tayanib.

Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqida

O‘sha matbuot anjumanida Volodimir Zelenskiy Ukraina muzlatilgan mojaroda yashay olmasligini ta’kidladi. «O‘t ochishni to‘xtatish masalasida biz muzlatilgan mojaro bilan yashay olmasligimizni tushunishimiz kerak (...) Bugun o‘t ochishni to‘xtatish uchun ertaga nima bo‘lishini bilishimiz kerak», dedi u.

Shu bilan birga, Ukraina rahbari Kiyev uchun AQSh va Yevropa Ittifoqidan birgalikda xavfsizlik kafolatlari muhimligini ta’kidladi. «Ukraina uchun Yevropa kafolatlari yetarli bo‘lmaydi, buni faqat Yevropa yetakchilari bilan muhokama qilib bo‘lmaydi, chunki biz uchun har qanday holatda ham, bugun ham, kelajakda ham haqiqiy kafolatlar NATOdir va NATO ham AQSh, ham Yevropa yetakchilari qaroriga asoslanadi», — dedi Zelenskiy.

Bir kun avval, 18 dekabr kuni Zelenskiy Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv o‘tkazdi, uning asosiy mavzusi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘ldi.

Mavzuga oid