19 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat aholisi va jurnalistlar bilan bilan an’anaviy jonli muloqot ötkazdi. Tadbirda Rossiyadagi migratsiya masalasi ham kötarildi. Putin Rossiyaga Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar oqimini kamaytirişning 2 ta yölini sanadi.

«Bu juda ötkir va nozik savol, nafaqat Rossiya uçun, balki Yevropa uçun ham yanada ötkirroq masala hisoblanadi. Bir tarafdan, bizda işçi kuçi yetişmayapti, men aytdim bizda 2-3 foiz işsizlik… Menga biznes doirasi vakillari va vazirlikdagilar quriliş sohasida, sanoatda qança işçi kuçi yetişmayotgani haqida ma’lumotlar berişadi. U yerda raqamlar yuz minglarga boradi. Bu faktdan qoçib bölmaydi. Bundan çiqişning qanday yöllari bor?

Avvalo, mehnat migrantlari sonini kamaytiriş uçun mehnat samaradorligini oşiriş kerak. Köplab malakasiz işçi kuçi va mehnatini talab qilmaydigan texnikalarni qöllaşga ötiş kerak. Şu holatda yuqori texnologik mehnat faoliyatiga urğu beriş kerak. Va şuning bilan malakasiz mehnat uçun şunça köp migrantlarni jalb qilişga hojat bölmaydi. Bu, birinçidan.

Ikkinçidan, agar [migratsiyani kamaytiriş] ilojsiz bölsa, Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz bilan odamlarni şunga tayyorlaş kerak. U yerdagi rus tili maktablari tizimini, rus tilini örganişni rivojlantiriş. Bu yerga işlaşga kelmoqçi bölganlarga bizning odatlarimiz, Rossiyadagi qonun talablari haqida tuşuntiriş. Va albatta, bizning hududda bölib turganlarga talablarni kuçaytiriş kerak. Özlari orasida paydo bölgan va yaşayotgan odamlarni hurmat qilişni talab qiliş kerak. Bu huquqni muhofaza qiluvçi organlarning işi», — degan Putin.

Bundan taşqari, Rossiya yetakçisi içki işlar vazirligi tizimida migratsiyani tartibga soliş va boşqariş böyiça qudratli tuzilma bölişi kerakligini aytgan.

«Bu yerda ikkita alohida komponent mavjud: iqtisodiy va huquqni muhofaza qiliş. Va bu ikki komponentni birlaştiriş kerak.

Migratsiya masalasida alohida bölim taşkil qiliş kerakmi – bir paytlar bizda ham bor edi. Yoki uni Içki işlar vazirligi tarkibida qoldiriş kerakmi, degan masala köp böldi. Biz Içki işlar vazirligi tizimidagi [migrantlar bilan işlaydigan] uşbu tarkibiy qismni kuçaytirişimiz kerak. Alohida qudratli bölinma, alohida markaz bölişi kerak – xoh içki işlar vazirligida, xoh içki işlar vazirligi qoşida bölsin. Migrantlar bilan işlaydigan kompleksga hamkorlikda işlaş uçun xöjalik boşqarmalari, tegişli vazirliklar va hududlardan vakillar berilişi kerak. Migratsiya boğliq katta oqimni tartibga soliş mintaqaviy darajada qolişi va bularning barçasi bir markazdan boşqarilişi kerak. Keyinroq balki bu alohida taşkilot (vazirlik) sifatida oçilişi mumkin»,