Zelenskiy: Slovakiya Rossiya gazi uchun suverenitet bilan to‘laydi
Robert Fitsoning Moskvaga tashrifini izohlar ekan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Slovakiya razvedka xizmatlarini o‘z mamlakati bosh vazirining Kreml bilan aloqalarini tekshirishga chaqirdi. Fitso Putinga urushni moliyalashtirishda yordam bermoqchi, dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning Moskvaga tashrifi va uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakkama-yakka muzokaralarini keskin tanqid qildi. «Ta’kidlash joizki, Moskvadagi uchrashuvdan keyin Fitso va Putin qo‘shma bayonotlar bermadi va ommaviy axborot vositalarining savollariga javob bermadilar, ular jamoatchilikning reaksiyasidan qo‘rqishadi », deb yozdi Zelenskiy 23 dekabr, dushanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Fitsoning bir kun avval bo‘lib o‘tgan tashrifi haqida avvalroq e’lon qilinmadi, uning Putin bilan suhbati tafsilotlari keltirilmadi, biroq bundan oldin Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bu safar Ukrainaning Rossiya gazining Yevropaga tranzitini davom ettirishdan bosh tortgani bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan edi. Ukraina hukumati yaqinda bir necha bor 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya gazi va neftining Yevropaga tranzitini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, Kiyev gazni Rossiya Federatsiyasidan bo‘lmasa, boshqa davlatlardan tranzit qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Kiyevning Rossiyaning «Gazprom» korporatsiyasi bilan tranzit shartnomasi 2019 yildan beri amal qiladi.
«Moskva Fitsoga sezilarli chegirmalar beradi, ammo Slovakiya ular uchun to‘laydi. Bunday chegirmalar bepul emas — Rossiyaga suverenitet yoki yashirin sxemalar bilan to‘lanadi, bu Slovakiya huquq-tartibot idoralari va razvedka xizmatlarini qiziqtirishi kerak», dedi Zelenskiy.
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso bilan uchrashdi. Bu haqda 22 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
«Robert Fitso amaliy tashrif bilan Moskvada», — deyiladi xabarda. Matbuot xizmati tarqatgan kadrlarda siyosatchilarning qo‘l berib ko‘rishayotgani aks etgan.
TASS agentligi eslatganidek, bu - Putin va Fitsoning 2016 yildan beri birinchi shaxsiy uchrashuvi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024