"Oila": Beeline Uzbekistan butun oila uchun tariflar lineykasini ishga tushirmoqda
Beeline Uzbekistan mijozlari endi butun oila uchun yagona tarifga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Unda bazaviy, fintex va ko‘ngilochar xizmatlar taqdim etiladi. Yangi "Oila" lineykasi bitta raqamdan ikki kishidan besh kishigacha bo‘lgan guruh uchun aloqa haqini to‘lash imkonini beradi. Bu har bir raqam uchun alohida haq to‘lashdan ko‘ra qulayroq va afzalroq. Tarifni boshqarishning noyob mexanizmi foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va xizmatlarni yanada qulaylashtiradi.
Odatda oila a’zolaridan biri nafaqat o‘z tarifini, balki turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasining aloqa haqini ham to‘laydi. Bunda ular aloqasiz qolib ketmasliklari uchun hisoblariga mablag‘ kelib tushganligini kuzatib borish, har biri uchun navbatdagi to‘lovni qachon kiritish kerakligini eslab qolish, ularning xizmat paketlari bo‘yicha qoldiqlarini nazorat qilish kerak bo‘ladi.
"Oila" turkumi bu masalani samarali hal qiladi. Tarifni oila boshlig‘i bitta raqamga ulaydi va umumiy telekommunikatsiya xizmatlaridan u taklif qilgan har bir kishi foydalanishi mumkin.
Taklifni qabul qilib, guruh a’zolari asosiy xizmatlar — daqiqalar, internet trafigi, SMS, shuningdek, KINOMda kontentni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qo‘shimcha to‘lovsiz filmlar, seriallar va telekanallarni, shu jumladan Amediateka va Viju to‘plamlaridan ham tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, guruh egalariga Beepul ilovasida har oy tarifga qarab 10, 30 va 50 million so‘m miqdorida kartadan-kartaga foizsiz pul o‘tkazish imkoniyati taqdim etiladi.
Yangi lineykada turli xil to‘ldirmalarga ega uchta tarif mavjud. Beeline Uzbekistan'ning amaldagi mijozlari uchun "Oila Max" va "Oila Ultra" taklif etilmoqda. Ulardan birinchisida guruh uch kishidan iborat bo‘lishi mumkin. "Oila Max" paketi O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, oyiga 1000 SMS va 120 GB internet, shuningdek, cheksiz tungi internetni o‘z ichiga oladi. Tarif uchun oylik to‘lov 100 000 so‘mni tashkil etadi.
Oyiga 150 000 so‘mlik "Oila Ultra"da O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, oyiga 1000 SMS va 250 GB internet, cheksiz tungi internet beriladi. Bu oilaviy guruhda besh kishigacha bo‘lishi mumkin.
Muhim: "Oila Max" va "Oila Ultra" tariflariga o‘tish va guruhlarni boshqarish faqat hambi mobil ilovasida amalga oshiriladi. Shuningdek, u orqali guruhga a’zo bo‘lish uchun yaqinlariga taklifnomalar yuboriladi.
Ikki foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan "Oila Start" tarifi Beeline Uzbekistan’ning yangi mijozlari uchun taklif etilmoqda. Uni xizmat ko‘rsatish ofislarida va kompaniya dilerlari orqali ulash mumkin. 60 000 so‘mlik paketda O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, cheksiz tungi internet, 50 GB internet va oyiga 1000 ta SMS mavjud.
"Butun oila uchun bitta raqamdan aloqani boshqarish nafaqat qulay, balki foydali hamdir. "Oila" lineykasidan tarifni ulab, mijozlarimiz har bir raqam uchun alohida to‘laganidan ko‘ra 20% kamroq to‘laydilar. Bu oila budjeti uchun foyda keltiradi. Ammo eng muhimi — O‘zbekiston mobil aloqa bozorida butun oila uchun noyob mexanikaga ega va foydalanish jarayoni juda oddiy bo‘lgan tarif taklifi paydo bo‘ldi. Faqat hambi ilovasini yuklab olish va guruh yaratish yo‘riqnomalariga amal qilinsa, kifoya. Yaqin kelajakda ushbu tariflar foydalanuvchilari yuqori talabli onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu nafaqat vaqt va oilaviy budjetni tejash imkonini beradi, balki kundalik hayot sifatini ham yaxshilaydi," — deydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Hozir tariflar Android foydalanuvchilari uchun amal qiladi, tez orada iOS uchun ham yangilanish chiqariladi.
***
"Unitel" MChJ 2006 yil 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay (BAA) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 yilda Top Employer sertifikatiga ega bo‘ldi.
VEON — bu 160 millionga yaqin mijozlarga konvergent aloqa va raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli operator. Dunyo aholisining 7 foizidan ortig‘i yashaydigan oltita mamlakatda faoliyat yurituvchi VEON odamlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. VEON aksiyalari NASDAQ fond birjasida ro‘yxatga olingan.
Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yilda O‘zbekiston bozoriga kirgandan so‘ng, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. "Unitel" MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. Beeline O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Mavzuga oid
16:35
Beeline Uzbekistan 100 nafar o‘qituvchiga sun’iy intellekt va kibergigiyenani o‘zlashtirishda ko‘maklashdi
16:00 / 26.11.2024
Beeline Uzbekistan komplayens ufqlarini kengaytirmoqda
17:20 / 21.11.2024
GSMA Beeline Uzbekistan va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda M360 Euroasia’ni Toshkentga olib keladi
18:00 / 06.11.2024