Krasnodar o‘lkasida mazut to‘kilishi sababli favqulodda holat joriy etildi
Anapa yaqinida mazutning to‘kilishi «davom etyapti va to‘xtamayapti», dedi o‘lka gubernatori Veniamin Kondratev. Voqea joyida minglab ko‘ngillilar bor.
Krasnodar o‘lkasida Qora dengizdan mazut kelishi davom etayotgani sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda 25 dekabr, chorshanba kuni mintaqa gubernatori Veniamin Kondratev ma’lum qildi. «Afsuski, Anapa va Temryuk mintaqasi qirg‘oqlariga neft mahsulotlarining to‘kilishi uzoq davom etyapti va to‘xtamayapti, dastlab olimlar va mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazutning asosiy qismi Qora dengiz tubida qolishi kerak edi, bu uni suvda to‘plashga imkon berardi, ammo ob-havo tufayli havo isib, neft mahsulotlari yuqoriga ko‘tarilyapti. Natijada ular bizning plyajlarimizga chiqib kelyapti», - deb yozdi Kondratev.
«Hozirgacha Anapa va Temryuk rayoni rasmiylari tomonidan joriy etilgan favqulodda holat amal qilib kelayotgandi. Ammo vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bugundan boshlab o‘lkada favqulodda holat rejimini joriy etishga qaror qildim», — deya qo‘shimcha qildi rasmiy.
U «ilk kunlardanoq yordamga kelgan ko‘ngillilar va o‘lka aholisiga» minnatdorchilik bildirdi. Hozirda butun Rossiya bo‘ylab ko‘ngillilarning harakatlarini muvofiqlashtirgan «Razliv nefti v Chernom more» Telegram-kanalida allaqachon 95 mingdan ortiq ishtirokchi bor. Odamlar mustaqil ravishda plyajlardan mazutni qoplarga yig‘ib, olib ketishyapti, shuningdek, jabrlangan hayvonlarga yordam berishyapti.
RFdagi tankerlar halokati: ifloslanish 200 ming tonnaga yetishi mumkin
Kerch bo‘g‘ozida Rossiya tankerlari halokatga uchraganidan keyin mazut bilan ifloslangan tuproq hajmi 200 ming tonnagacha oshishi mumkin. Bu haqda 23 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Aleksandr Kozlov avariya oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
«Biz hozirda 14 ming tonna haqida gapiryapmiz. Mutaxassislar prognoz qilayotgan hajm 200 ming tonnaga yetishi mumkin», — deydi u.
«Olimlarning yordamiga umid qilaman, ular menga qanday harakat qilish kerakligini, dengizda qanday reagentlardan foydalanishni aytishlari kerak. Tankerlar esa g‘avvoslar ishtirokida tekshirilishi kerak», — deya Kozlovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks" agentligi.
Mavzuga oid
13:51
RFda mazut to‘kilishi sababli federal darajadagi favqulodda rejim joriy etildi
15:36 / 23.12.2024
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
11:30 / 19.12.2024
Anapa yaqinida mazut bilan ifloslanish maydoni deyarli 50 kmga oshdi
22:50 / 16.08.2024