Jamiyat | 20:43 / 27.12.2024
8252
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila episentri Toshkentdan 525 kilometr janubi-g‘arbda - Jondor tumanida joylashgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 27 dekabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 20:01 da zilzila sodir bo‘ldi.

Episentr: Buxoro viloyati Jondor tumani. Zilzila koordinatalari: 40,26 gradus shimoliy kenglik; 63,12 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 525 kilometr janubi-g‘arbda.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni Andijon viloyatida 3,3 magnitudali zilzila kuzatilgan edi.

Mavzuga oid