Suriya hukumati kurdlardan qurollarini tashlashni talab qildi - OAV
Kurdlar qurol-yarog‘ tashlash evaziga Suriyaning yangi armiyasi tarkibida kamida bitta armiya korpusi yoki diviziyasini tashkil etish, shuningdek, mamlakat shimolidagi neft konlarini teng taqsimlashni istamoqda.
Suriyaning yangi hukumati mamlakat shimolida joylashgan kurd qo‘shinlaridan qurollarini zudlik bilan so‘zsiz tashlashni talab qildi, deb xabar berdi Turkiyaning Hurriyet nashriga tayanib TASS.
Qayd qilinishicha, Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) Suriyadagi bo‘limi vakillari Damashqda Suriyaning yangi hukumati bilan uchrashgan.
Nashrning yozishicha, kurd tomoni qurol-yarog‘ tashlash evaziga Suriyaning yangi armiyasi tarkibida kamida bitta armiya korpusi yoki diviziyasini tashkil etish, shuningdek, mamlakat shimolidagi neft konlarini teng taqsimlashni taklif qilgan. Biroq, yangi hokimiyat «bu masalani muhokama qilishni ham istamay, KIP oldiga qurolni so‘zsiz tashlash shartini qo‘ygan».
Avvalroq Suriya yangi hukumatining asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd kuchlarini «ko‘mib tashlash» bilan tahdid qilgan edi. «Bu bo‘lginchi-jinoyatchilar yo qurollari bilan xayrlashadi yoki ular bilan birga Suriya tuprog‘ida dafn etiladi», degan edi Turkiya rahbari.
8 dekabr kuni Hsh guruhi boshchiligidagi hukumatga qarshi kuchlar Damashqni egallab, Bashar Asad rejimi qulaganini e’lon qildi. Muhammad al-Bashir 2025 yil 1 martgacha faoliyat yuritadigan o‘tish davri hukumati rahbari bo‘ldi. Suriyadagi kurd kuchlari AQSh tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2011 yilda Suriya inqirozi boshlanganidan keyin ular mamlakat shimolidagi Halab, Xasaka, Raqqa va Dayr-az-Zur viloyatlarida avtonom ma’muriyat tuzgan.
Mavzuga oid
16:28 / 08.01.2025
Yangi Suriyada terrorchi tashkilotlarga o‘rin yo‘q – Erdo‘g‘an
11:33 / 08.01.2025
Germaniya Yevropa Ittifoqini Suriyaga nisbatan sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga chaqirdi
11:20 / 08.01.2025
Tinch aholiga qo‘llangan kimyoviy gaz – Suriyada Asad rejimi tomonidan sodir etilgan qatliom tafsilotlari
20:35 / 07.01.2025