Jahon | 11:25 / 06.01.2025
1670
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgan

FTB ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi Orleanda olomon mashina haydab yuborgan odam 2024 yil oktyabr va noyabr oylarida shaharga tashrif buyurgan va aqlli ko‘zoynak yordamida video yozib yurgan.

Foto: USA TODAY NETWORK via Reuters

Luiziana shtatining Yangi Orlean shahri markazida yangi yil kechasi odamlarga qarata mashina haydagan shaxs 2024 yil oktyabr va noyabr oylarida shaharga tashrif buyurgan va fransuz kvartalida aqlli ko‘zoynaklar yordamida video yozib olgan. Bu haqda 5 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Federal tergov byurosi (FTB) direktori yordamchisi o‘rinbosari Kristofer Raya ma’lum qildi.

«Tergovning barcha tafsilotlari va hozirda bizda mavjud bo‘lgan dalillar Jabbor (AQSh fuqarosi Shamsud J.) Yangi Orleanda yolg‘iz o‘zi harakat qilganini tasdiqlaydi», dedi Raya. «Biz Qo‘shma Shtatlarda sherik borligini ko‘rmadik, ammo AQShda va xorijda ehtimoliy sheriklarni qidirishda davom etamiz», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan AP axborot agentligi.

Shols: Yangi Orleandagi odamlar ko‘r-ko‘rona nafrat tufayli o‘ldirildi

Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi oliy vakili Kaya Kallas 1 yanvar kuni Yangi Orleandagi hujum munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Yangi Orleandan dahshatli xabar: bayramni nishonlayotgan baxtli odamlar ko‘r-ko‘rona nafrat tufayli halok bo‘ldi yoki yaralandi. Biz qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlari bilan birgamiz va jabrlanganlarning barchasi tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», deb yozgan Shols ijtimoiy tarmoqda.

«Yangi Orleanda yangi yil bayramida qasddan qilingan hujumdan chuqur qayg‘udaman. Bunday zo‘ravonlik uchun hech qanday asos yo‘q. Rasmiylar tergovni davom ettirar ekan, biz ushbu fojiali davrda qurbonlar va ularning oilalari bilan to‘liq birdammiz», — deydi Kallas. 

Mavzuga oid