Chirchiq daryosi hududida tabiatga 674 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
Qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan shaxs ishi Bosh prokuraturaga oshirildi.
Toshkent viloyati, Chirchiq daryosi hududida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olganlar tabiatga juda katta miqdorda zarar yetkazdi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, fuqarolardan biri ekskavatorda qum-shag‘alni noqonuniy qazib olib, «S.Q.M» tosh maydalash sexiga 2 ta yuk avtomobilida tashigan. Oqibatda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan.
Holatga oydinlik kiritilgunga qadar transport vositalari jarima maydoniga qo‘yilgan.
Qonunbuzarlik oqibatida tabiatga 674 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
10:14
Ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi joriy etiladi
20:29 / 08.01.2025
2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin
17:47 / 08.01.2025
2024 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi - tadqiqot
13:04 / 08.01.2025