Donald Trampga «sukut uchun pul» jinoyat ishi bo‘yicha hukm kechiktirilmaydi
Jinoyat ishini olib borayotgan sudya hukmni kechiktirish bo‘yicha berilgan da’voni rad qildi. Hukm 10 yanvar kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp bilan bog‘liq «sukut uchun pul» jinoyat ishini olib borayotgan sudya unga hukm chiqarishni kechiktirishni rad qildi, deb yozdi BBC. Avvalroq, advokatlar sudyadan apellyatsiya shikoyati berilgunga qadar hukmni kechiktirishni so‘ragan edi.
Nyu-York Oliy sudi sudyasi Xuan Merchan advokatlarning «prezident daxlsizligi» haqidagi sabablarini rad etdi.
Donald Trampga sobiq aktrisa Stormi Denielsga «o‘z ishqiy munosabatlari haqida sukut saqlashi uchun to‘lovlar» ishi bo‘yicha hukm 10 yanvar kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. «Ayblanuvchi hukm chiqarilishida shaxsan yoki virtual ishtirok etishni tanlashi mumkin», dedi sudya. Shu bilan birga, sudya unga nisbatan qamoq jazosi, jarima yoki sinov muddati tayinlamaydi.
Trampning advokatlari avvalroq jinoyat ishini rad etish haqida ariza bergan edi. Ammo sudya Merchan «bunday qaror qonun ustuvorligiga putur yetkazadi», dedi.
Mavzuga oid
21:57
Ukraina mag‘lubiyati AQShga qimmatga tushadi - hisobot
20:07
Kaliforniyada dahshatli o‘rmon yong‘inlari: qurbonlar bor, mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
19:42
Bayden Kaliforniyadagi yong‘inlar sababli oxirgi xorijiy safarini bekor qildi
18:44