O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi
Sayohatchi-bloger o‘z mashinasida Qozog‘iston va Rossiyadan o‘tib, Yevropaga bordi. Hozirgacha u Yevropaning bir nechta mamlakatlarini aylanib chiqishga ulgurdi.
O‘zbekistonlik Mirfayoz Mirboboyev Spark mashinasida Toshkentdan Yevropagacha minglab kilometr masofani bosib o‘tdi. U o‘z safarini Instagram’dagi akkauntida yoritib bormoqda.
Mirboboyev mashinasida Qozog‘iston va Rossiyadan o‘tib, Yevropaning 15 ta mamlakatiga sayohat qilish niyatida ekanini aytgan.
U Yevropaga yetib borib, bir necha mamlakatni kezib chiqishga ulgurdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqqa joylagan videolarida sayohatchi-bloger Latviya, Estoniya va Finlandiyani aylanib chiqqanini ko‘rsatdi. Ta’kidlanishicha, Toshkentdan Finlandiyagacha bo‘lgan masofa unga atigi 600 dollarga tushgan.
Hozirda Mirboboyev Norvegiyaga yetib borgan.
Uzoq masofaga piyoda yoki bitta transportda safar qilish o‘zbekistonlik blogerlar orasida trendga aylanmoqda. Ushbu trend 2024 yilda Instagram’da Why Shoha nomi ostida faoliyat yuritadigan yigitning Andijondan Qoraqalpog‘istonga piyoda safaridan so‘ng keng ommalashdi. Bloger Nukusgacha bo‘lgan masofani 52 kunda bosib o‘tganini aytgan.
Mavzuga oid
18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi
13:50 / 31.01.2025
Kuchayib borayotgan ultra o‘nglar: G‘arb sivilizatsiyasi qay tomon ketmoqda?
15:42 / 28.01.2025
BBC O‘zbekistonni 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta manzil ro‘yxatiga kiritdi
13:28 / 23.01.2025